Ukrainada ilk bor, Daun sindromi mavjud Bogdan Kravchuk ismli yigit bakalavr diplomini olishga muvaffaq bo‘lib, oliy ma’lumot egasi bo‘ldi. Bu haqda “Bigmir.net” o‘z Facebook sahifasida ma’lum qiladi.
Bogdan Kravchuk, turli to‘siqlar va qiyinchiliklarga qaramasdan, tarix fakultetini tamomladi. U o‘qishga juda ham qattiq kirishib, boshqa talabalardan ham yaxshi o‘zlashtirdi.
“Bogdan va uning ota-onasiga tasanno!”— deyilgan xabarda.
Izoh (0)