Argentinada Shimoliy mintaqaviy futbol ligasi o‘yinlaridan biri fojiali tarzda yakunlandi, deya xabar berdi ABC.
Manbaga ko‘ra, Ramon Ismoil Koronel ismli 17 yoshli darvozabon darvozasiga belgilangan penaltini ko‘kragi bilan qaytaradi. Shundan so‘ng u g‘alabani nishonlash uchun jamoadoshlari bilan yuguradi. Kutilmaganda Ramon yerga qulaydi.
O‘yinda tibbiy xodimlar yo‘qligi sababli futbolchini muxlislardan birining avtomashinasida hushsiz holatda kasalxonaga yuboriladi. Biroq Koronel shifonxoanaga yetib bormay vafot etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, yosh futbolchining o‘limiga ko‘krak qafas tizimidagi muammolar sabab bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)