Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 12-iyul, juma kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Shahobiddin hindistonlik bokschi Amandip Singhga (4 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq Boks federatsiyasi matbuot xizmatining Telegram’dagi rasmiy kanalida xabar berilishicha, bokschining raqibi o‘zgargan. Endi Zoirovga bu jangda hindistonlik boshqa bir bokschi Sandib Singh (1 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) raqiblik qiladi.
Mazkur jang Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi “Qirol Abdulla Sport Siti” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish joiz, Zoirov shu kungacha professional ringda ikkita jang o‘tkazgan va ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)