Sergeli tumanidagi qurilish uchastkasi hududida 12-iyul kuni avtokran yonib ketdi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi Online”.
Qayd etilishicha, soat 11:49 da Sergeli tumanida 8-sonli arzon uy-joylar qurilish maydonida ishlayotgan avtokranda yong‘in chiqqan. Yong‘inga yuqori voltli elektr o‘tkazgich va kran o‘rtasidagi tutashuv sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ya’ni kran yuqori voltli tok o‘tgan simga tegib ketgan. Oqibatda kran haydovchisi yong‘indan halok bo‘lgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar 12:00 da yetib kelgan va yong‘in soat 12:34 da bartaraf etilgan. Hozirda yong‘in oqibatida ko‘rilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)