“Kashima Antlers” klubi yarim himoyachisi Xiroki Abe faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi. Bu haqda Yaponiya klubining rasmiy saytida xabar berildi.
Kataloniya klubi 20 yoshli futbolchi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng shartnoma imzolaydi.
“Joriy mavsum klubni tark etish men uchun juda og‘ir. Ammo “Barselona”ga borishga qaror qildim. Qanday qiyinchiliklar, to‘siqlarga duch kelmay, bu, albatta, kelajakdagi faoliyatimga ijobiy ta’sir qiladi deb o‘ylayman. Klubda yelkama-yelka mehnat qilgan xodimlarga, sheriklarga va muxlislarga katta rahmat. Men “Kashima Antlers” klubi g‘alabasi uchun kurashganimdan faxrlanaman va juda baxtiyorman”, — dedi Abe.Ma’lumot uchun, Abe joriy mavsum klub safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)