11-iyul kuni Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijodkorlar bog‘ida xalq og‘zaki ijodi namunalarini tarannum etuvchi folklor bayramining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Festivalda Italiya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Janubiy Koreya, Malayziya, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Yaponiya, Eron, Polsha, Mo‘g‘uliston, Daniya kabi 20 ga yaqin davlat hamda O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan san’at ustalari, folklor jamoalari, badiiy ansambllar ishtirok etmoqda.

Birinchi marotaba o‘tkazilayotgan festival 3 kun davomida mamlakatda nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, xususan, folklor san’atini rivojlantirish va keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shishi, shubhasiz.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA