Bugun, 11-iyul kuni taxminan soat 16:00 da Toshkent metrosining “Paxtakor” bekatida 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro K.V. temir yo‘l izlariga yiqilib tushgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.

Foto: “Railway.uz”

Stansiya xodimlarining tezkor xatti-harakatlari natijasida keksa ayol platformaga hech qanday jarohatlarsiz olib chiqildi. U metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini ta’kidladi.

Mazkur holat metropoliten poyezdlarining harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan.

“Toshkent metropoliteni” O‘zbekiston sinoptiklarining ogohlantirishlarini hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan ehtiyot bo‘lishini va organizmning haddan tashqari qizib ketishiga qarshi kerakli choralarni ko‘rishni so‘ragan.