11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi veb-saytida ma’lum qilinadi.
Elektron kompyuter sporti federatsiyasi 2016-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida o‘zbekistonlik kibersportchilar qisqa davr ichida MDH davlatlari, Fransiya, Indoneziya, Gonkong va Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, professional darajagi chiqishga erishdi.
AKT Vazirligi va Elektron kompyuter sporti federatsiyasining hamkorlikdagi rejalarida kibersport va umuman IT-sanoatini taraqqiy ettirish, o‘yinlar ishlanmalari borasida hamkorlik qilish, mahalliy va xalqaro miqyosda tadbir va musobaqalar o‘tkazish, yuqori texnologiyalarni ommalashtirish, xorijiy investorlarni jalb etish, tashqi bozorlarga chiqish singari jihatlar nazarda tutilgan.
Izoh (0)