Janubiy Koreyaning Chunchxon shahrida bo‘lib o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha G2 toifasiga kiruvchi Chuncheon Open musobaqasida o‘zbekistonlik Madina Mannopova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ rasmiy sayti

Musobaqaning dastlabki kunida -49 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Madina birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ikkinchi bosqichda esa u mezbon jamoa vakili, chorak finalda esa xitoylik raqibidan ustun kelgan bo‘lsa, yarim finalda Xitoy Taypei vakiliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan taqdirlandi. Ushbu natija orqali Mannopova Tokio Olimpiadasiga 7,2 reyting ochkosini ham jamg‘ardi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada 4 nafar o‘zbekistonlik taekvondochi ishtirok etmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!