Korsika orolidagi yovvoyi tabiatni himoya qilish va tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardan birining xodimlari tulki-mushukka duch keldi, deb xabar beradi TravelAsk.
Tadqiqotchilarning fikricha, aynan ushbu jonzot orol haqidagi turli afsonalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Tulki-mushuk yoki korsikaliklar ghjattu volpe deb atovchi jonzot tashqi ko‘rinishi bilan mushukka o‘xshaydi, biroq o‘zining ayrim harakatlari bilan ulardan keskin farq ham qiladi. Uy mushuklarining uzunligi o‘rtacha 45 santimetrga yetsa, tulki-mushuk 90 santimetrgacha o‘sishi mumkin.
Bundan tashqari ushbu jonzotning tirnoqlari ham uzun, mo‘ylovi ko‘rinar-ko‘rinmas va quloqlari kalta. Yana bir farqli jihati — dumi to‘rt halqali va uchi qora.
Izoh (0)