“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi o‘zining www.ygk.uz rasmiy saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limini ishga tushirdi. Bu haqda “Davyergeodezkadstr” qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Fuqaro yoki yuridik shaxs qo‘mita hamda uning tizimidagi hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlardagi korrupsion holatlar bo‘yicha ushbu http://ygk.uz/eform/submit/korrupsiya-form havolasi orqali kirib murojaat qilishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.
Fuqaro murojaati “Korrupsiyaga qarshi kurashish respublika komissiyasi”ga to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib tushadi.
Fuqaro to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sir tutiladi va qonunan himoyalanadi.
Murojaat soxta emasligini aniqlash maqsadida qo‘mita mutaxassisi murojaatchi bilan bog‘lanadi.“Aslo yolg‘on xabar bermang! Yolg‘on xabar berish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)