AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning yog‘ochdan yasalgan haykali 5-iyul kuni Sloveniyaning Sevnitsa shahrida o‘tkazilgan ko‘rgazma doirasida taqdim etildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Biz Rojno (Melaniyaning tug‘ilib o‘sgan shahri hisoblanmish Sevnitsa shahri yaqinidagi aholi punkti)dagi Melaniya haykali ochilishiga do‘stona taklif qilamiz”, — deyiladi 5-iyul kuni e’lon qilingan kommyunikeda. Haykal Sava daryosining qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, u qo‘l ko‘tarib, shahar bilan salomlashayotgan holda aks ettirilgan.
Bizarre statue of Melania Trump erected in Slovenia https://t.co/pKbrGAtZFa pic.twitter.com/wuTsGnB3pM
— New York Post (@nypost) July 5, 2019
Qayd etilishicha, haykal namoyishi amerikalik rassom Bred Daunining “Bu aks-sado” nomli ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirdir. Uning asosiy ekspozitsiyasi Lyublyanda o‘rnatilgan bo‘lib, bir kun avval ochilgan.
Dauniga haykalning faqat konsepsiyasi tegishli bo‘lib, uni mahalliy hunarmandlardan biri motorli arra yordamida yasagan. Haykalda birinchi xonim Trampning inauguratsiyasida kiygan havorang ko‘ylakda aks ettirilgan.
Izoh (0)