5-iyul, juma kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlat Kubogining 1/8 finali doirasida dastlabki 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kunning dastlabki o‘yinida Marokash terma jamoasi Benin termasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 53-daqiqasida beninlik himoyachi Mois Adilyu hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib Marokash hujumchisi Yussuf an-Nosiri hisobni tenglashtirdi (1:1). Uchrashuvning asosiy vaqtida hamda qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmadi.
Penaltilar seriyasida esa Benin terma jamoasi Marokash termasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi va musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shu kuni Senegal terma jamoasi Uganda termasi bilan bellashdi.
Uchrashuvdagi yagona golga senegallik Sadio Mane 15-daqiqada mualliflik qildi (1:0).
Shu tariqa Senegal termasi Ugandani kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning 1/4 final bosqichiga chiqdi.
Afrika Millatlar Kubogi
1/8 final bahslari
5-iyul, juma
Marokash—Benin 1:1 (1:4 — penaltilar seriyasi)
Gollar: 0:1 — 53 Adilyu, 1:1 — 75 an-NosiriPenaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 1:2, 1:3, 1:4.
Uganda—Senegal 0:1
Gol: 0:1 — 15 ManeYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)