Qoraqalpog‘istondagi Sudochye ko‘li yonmoqda, deb xabar beradi jurnalist Liliya Nikolenko.
“Flamingolari bilan mashhur bo‘lgan ko‘l. Yuzlab yovvoyi qushlar uya qurgan joy. U yerda qamishlar orasida onalari bilan suzib yurgan oqqush bolalarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. U yerda kecha momaqaldiroq, yashin bo‘lgan edi. Ehtimol, yashin urishidan qurigan qamishlar yonib ketgandir”, — deya taxmin qiladi jurnalist.
Ko‘l bo‘ylab bir nechta yong‘in o‘choqlari bor. Eng yaqin aholi punktigacha bo‘lgan masofa cho‘l hududi orqali 50 kilometrcha chiqadi.
Izoh (0)