4-iyul kuni soat 06.33 da Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi, 35-uy qarshisida yangi qurilayotgan uyning yerto‘lasida 40 kvadrat metr maydonda penoplast bo‘laklari yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 06.37 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in 7 daqiqada bartaraf etilgan.
Hodisa sigareta chekishdagi ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan deb tahmin qilinmoqda. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Izoh (0)