Surxondaryo viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga 30-iyun kuni soat 21:35 da O‘.J. tomonidan, Termiz shahar O‘zbegim to‘yxonasi oldida qizining oyog‘i ariq ustiga yotqizilgan temir panjara orasiga tushib qisilib qolganligi va uni chiqarib olish bo‘yicha murojaati kelib tushgan.
FVV matbuot xizmatining xabar berisha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi komandiri leytenant A.Utibayev boshchiligidagi navbatchi guruhi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qizcha ariqdan o‘tayotganda oyog‘i to‘satdan panjara orasiga tushib qolgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida qizchaning oyog‘i hech qanday tan jarohatlarisiz temir panjara orasidan chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.
Izoh (0)