“Portu” safida to‘p surib kelgan Ektor Errera “Atletiko”ga o‘tdi. Bu haqda madridliklarning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Madrid klubi 29 yoshli xavbek bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, meksikalik “Portu”da 6 mavsumni o‘tkazdi. Joriy yilning yozida u “Portu” klubini erkin agent sifatida tark etgandi.
Qayd etish joiz, Errera 2018/19-yilgi mavsum Portugaliya chempionatida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)