2019-yil 25-may kuni soat 01:00 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Oqtosh MFY hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lining 16-kilometrida haydab ketayotib 21 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Natijada D.T. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yakkabog‘ tumani Jiyda qishlog‘i, Jiyda MFYda yashovchi 33 yoshli B.H. o‘zining Damas rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)