Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z prezidentlik vakolati tugaganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishini aytishga hali erta deb hisoblaydi. “TASS”ning xabar berishicha, prezident bu haqda Italiyaga tashrifida Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Bu haqida gapirishga hali erta. Oldinda yana besh yil tinimsiz ishlar kutib turibdi va dunyoning jadal suratlarda rivojlanish sharoitida prognozlar qilish qiyin”, — degan u.
Putinning ketma-ket 6 yillik prezidentlik vakolati muddati 2024-yilda tugaydi. Rossiya konstitutsiyasiga ko‘ra, bir shaxs ikki davrdan ortiq muddatga prezidentlik qila olmaydi.
Putin avval ham 2000-yildan 2008-yilgacha ikki marta ketma-ket 4 yil muddatli prezidentlik lavozimini egallagan edi. Keyin esa bu lavozimni tark etib, 4 yil bosh vazir lavozimida ishlagan.
Izoh (0)