19—29-iyun kunlari Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha XV Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Mazkur musobaqada 20 ga yaqin mamlakatdan ja’mi 200 ga yaqin ishtirokchi bellashdi. Bahslar shaxmatning standart , rapid va blis yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar umumiy hisobda 19 ta oltin, 13 ta kumush va 16 ta bronza — ja’mi 48 ta medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Islomov Shahzod, Hamdamova Afruza, Rahmatullayev Almas, Alimova Sevinch, Abdusalimov Abdumalik, Allaberganov Akbar, Mirpo‘latov Mirabror, Madaminov Muhiddin, Omonova Umida, Shermuhammedov Samandar, Husayinova Ozoda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)