Toshkentda 30-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Harbiy o‘quv fakulteti (Harbiy kafedra) kursantlarining qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tantanali marosimda universitet rektori Sadriddin Turobjonov, Mudofaa vazirligi kadrlar tayyorlash bosh boshqarmasi mas’ul ofitserlari kursantlarni Qurolli Kuchlar safiga kirishlari munosabati bilan qutladi.
Tadbirda, shuningdek, Mudofaa vazirligi o‘zining harbiy orkestri bilan ham chiqish qildi.
Izoh (0)