Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2-iyul kuni Henley & Partners kompaniyasi turli mamlakatlar fuqarolari uchun harakatlanish erkinligi darajasini ko‘rsatadigan pasportlar reytingini yangiladi, deb xabar berdi Spot.

Foto: Spot

Foto: Spot

O‘zbekiston avvalgi yangilanish bilan solishtirganda yetti pozitsiyani yo‘qotdi va hozir 88-o‘rinni egallab turibdi. Respublika fuqarolari vizasiz 56 mamlakatga tashrif buyurishi mumkin. Yana bir davlatda ham xuddi shunday ko‘rsatkich - Kot-d’Ivuar.

Yaponiya va Singapur hamon birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ushbu davlatlar fuqarolari 189 mamlakatga vizasiz borishi yoki kelganidan keyin viza olishi mumkin. Uch oy muqaddam birinchi o‘rinda bo‘lgan Janubiy Koreya endi Germaniya va Finlyandiya bilan birga ikkinchi o‘rindan joy olgan (187 mamlakat). Uchinchi o‘rindan uch davlat o‘rin oldi - Daniya, Italiya va Lyuksemburg (186 mamlakat).

MDH davlatlari orasida Ukraina eng yaxshi ko‘rsatkichga ega (44-o‘rin, 126 mamlakat), undan keyin Moldova (49-o‘rin, 119 ta mamlakat) va Rossiya (51-o‘rin, 116 mamlakat) bormoqda. Markaziy Osiyoda Qozog‘iston eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi (69-o‘rin, 75 mamlakat).

Afg‘oniston va Iroq vizasiz mos ravishda 25 hamda 27 mamlakat ko‘rsatkichi bilan so‘nggi pog‘onalarda qolmoqda.

Muqaddam viza cheklovlari indeksi sifatida mashhur bo‘lgan pasportlar indeksi Henley & Partners kompaniyasi tomonidan Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bilan hamkorlikda 2006-yildan beri e’lon qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi