Donald Tramp Osakada G20 sammiti ishtirokchilari bo‘lgan mamlakat rahbarlari bilan uchrashganini, ular orasida diktatorlar ham bo‘lganini aytdi.
“RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Donald Tramp Amerikaning Janubiy Koreyadagi Osan harbiy bazasida so‘zga chiqqanda aytgan.
“Men Yaponiyada ko‘p vaqt o‘tkazdim. U yerga barcha rahbarlar bilan uchrashdim. Prezidentlar, bosh vazirlar va diktatorlar bilan muloqot qildim”, — degan u. Bunda Tramp diktator deganda kimni nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.
Osakadagi G20 sammiti 28—29-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Sammit doirasida Tramp, shu jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Szinpin, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgan.
Izoh (0)