Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi “Sho‘rtanneftgaz” MChJga qarashli “Oydin” konidagi 11- quduqda burg‘ilash ishlari yakunlandi. Bu haqda “Nasafnews” ma’lum qildi.
Bu yerda 2625-2760 metr oralig‘idagi mahsuldor qatlamdan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi.
Quduqning kunlik gaz berish ko‘rsatkichi 120-150 ming kub metrni tashkil qilib, Sho‘rtan bosh inshootida qayta ishlanadi va iste’molchilarga yetkazib beriladi.
Ma’lumot uchun, quduqni burg‘ilash ishlari joriy yil 3-aprel kuni boshlangan va belgilangan muddatdan oldin tugatilgan.
Izoh (0)