• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Gulnoraning pullari, “O‘zbekneftgaz”ning qarama-qarshi va’dalari yoki “hokimbuvaning yangi ‘zapisi’ chiqdimi?”

    “Daryo”da haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    Marhum prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qiziga oid mashmasha to‘xtagani yo‘q. Gulnora Karimovaning qizi Imon Instagram orqali onasining xalqdan uzr so‘ragani va 1,2 milliard dollar pulini davlatga taqdim qilganini bildirdi. Birdan shou-biznes vakillari voqeaga aralashib, Gulnoraning ozod qilinishini so‘rab aksiya boshladi. Ularning safiga sanoqli blogerlar ham qo‘shildi. Oliy sud esa Karimovaning oqlanishiga oid birorta rasmiy murojaat yo‘qligini ma’lum qildi. Ekspertlar Gulnora Karimova “davlatga o‘tkazdim”, deb iddao qilayogan 1,2 milliard dollarning taqdiri bilan qiziqishni boshladi. Bu qiziqish ortidan Moliya vazirligining xabariga ko‘ra esa Karimova davlat hisobiga pul o‘tkazgani yo‘q.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    * * *

    26-iyun kuni O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning jinoiy ishi bo‘yicha ayblov hukmi e’lon qilindi. Qodirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va EKIHning 500 barobarida jarima jazosi qo‘llandi. Ko‘pchilikda Qodirovga tayinlangan jazo muddati juda ozligi bo‘yicha savollar paydo bo‘ldi va Oliy sud matbuot xizmati buni mahkumning yoshi 60 dan oshgani bilan izohladi.

    * * *

    O‘zbekiston mamlakatda qazib olingan gaz uchun “Lukoyl” oldida 600 million dollar qarzdor bo‘lib qolgani haqidagi xabar esingizdami? “Lukoyl” vitse-prezidenti qarz O‘zbekiston bir qism gazni ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini aytgandi. Bu axborot ortidan aprel oyida “O‘ztransgaz” rahbari o‘rinbosari ishdan bo‘shatilgandi. Prezident ham o‘z chiqishida bu holatni tanqid qilgan edi. 28-iyun kuni matbuot anjumanida “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi Bahodir Siddiqov shu qarz masalasiga to‘xtalib, u bir yil ichida to‘planmaganini aytdi. Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz”ning barcha sa’y-harakati o‘z qazib olish hajmini oshirishga, kelgusida bu gaz ichki iste’molchilarga sotilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilganligini bildirdi. Ajablanarlisi, Bahodir Siddiqov 10 kun muqaddam “O‘zbekiston 24” kanaliga bergan intervyusida “20 soatlik ish rejimida ishlashlari va kelayotgan qishda har bir xonadonda gaz bo‘lishini” va’da qilgan edi.

    * * *

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xalqaro press-klubda prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonovning chiqishi davlatimizning dolzarb muammolarga yondashuvini o‘z ichiga olgani bois dayjestimizga qo‘shdik. Sultonovga maktabda qachon hadislar o‘qitilishi haqida savol berilganda u bir qancha darsliklarda hadislardan misol keltirilganligini eslatdi. Shu bilan birga, o‘tmish merosini ko‘r-ko‘rona qabul qilmaslikka chaqirdi. Har bir maktabda din darsini o‘tish to‘g‘ri kelmasligini, din avvalo dilimizda bo‘lishini, o‘tmishda onalarimiz besh mahal namoz o‘qisa-da, qora matolarga burkanmaganligini tilga oldi.

    * * *

    Hokimlarimiz biroz jimib ketishsa, fuqarolar tashvishlanadigan holga yetishdi, chunki ular ijrosidagi “zapis”lar el-yurt orasida tezda tarqalib ketmoqda. Bu hafta Andijon hokimi yig‘ilishlarning birida sog‘liqni saqlash tizimi vakilini qattiq haqoratlab, tanqid qilgani audiosi tarqaldi. Shuhratbek Abdurahmonov “latta”, “iflos”, “it”, “hezalak” kabi so‘zlarni ishlatgan. Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vaziri nomiga ham noo‘rin gaplar aytgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi audioyozuvga munosabat bildirdi. Hokimlik esa Abdurahmonovni quyushqondan chiqishiga majbur qilgan voqea tibbiyot vositalarini sotish bo‘yicha korxonalar monopoliyasi o‘rnatilgani, deya izohladi. Garchi, hokimbuva tibbiyotning sifatsiz holatini yaxshilash maqsadida me’yordan oshgan bo‘lsa-da, uni beparda xitoblarini tanqid qilganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

    * * *

    Foto: “Minbar.uz”

    Foto: “Minbar.uz”

    “Ulkan bunyodkorlik ishlari” deb tavsiflanayotgan qurilish va buzilishlarimiz olis AQShdagi YuNESKOda ham aks-sado berdi. Samarqand YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatidan chiqariladigan obyektlar qatoridan joy olishi mumkin. Bunga sabab Samarqandning tarixiy qismida uylar, mehmonxona va boshqa binolar qurilishi ko‘hna imoratlarga ziyon yetkazayotganidir. YuNESKO shahar bosh rejasini tuzishda o‘z tavsiyalarini hisobga olinishini istaydi.

    * * *

    Jizzax attraksionlaridan birida kutilmagan xunuk hodisa ro‘y berdi. Ichida to‘la odamlar bilan harakatlanayotgan bolg‘asimon hayinchak qoq ikkiga bo‘linib, yerga qulab tushdi. Natijada 20 yoshli bir qiz halok bo‘ldi. Bu holat va odamlar yerda yiqilib yotgan kajavadagilarga yordam ko‘rsatayotgani tasvirlangan videolar tezda internetda tarqaldi. Fojia yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    01.07.2019, 08:40   Izoh (0)   188279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobod tumanida benzovoz yoqilg‘i quyish shoxobchasida yonib ketdi (video)

    01.07.2019, 08:35

    O‘zbekistonning naqadar xavfsiz ekanligini isbotlashni istagan yigit Andijondan Mo‘ynoq tomon piyoda yo‘lga chiqdi

    01.07.2019, 08:27

    O‘zbekiston Prezidentining kuyovi Instagram orqali “Yoshlar kuni”ga tabrik yo‘lladi

    01.07.2019, 06:22

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar Toshkentga sig‘may ketyapti

    30.06.2019, 21:45

    Prezident qaroriga ko‘ra, bir guruh iqtidorli yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    30.06.2019, 21:25

    Toshkent shahri maydoni yana 18 ming gektarga kengayishi mumkin

    30.06.2019, 21:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.