Chempion Shahram G‘iyosov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Shahram G‘iyosov unga umrbod to‘lanadigan oylik miqdori, g‘alabalaridan so‘ng davlat tomonidan qancha miqdorda pul va nechta uy berilgani haqida gapirib berdi.
Bu sir emas. Olimpiadada 2-o‘rinni olganimda 100 ming AQSh dollari, Malibu avtomashinasi hamda Buxoro viloyatidan uy berilgan edi. Jahon chempionatidan qaytganimdan keyin esa Buxoro viloyati hokimligi tomonidan Lasetti Gentra avtomobili hamda uy sovg‘a qilindi, bundan tashqari O‘zbekiston tomonidan 12 ming AQSh dollari berildi. Davlat tomonidan har oy 1 million 200 ming miqdorida oylik beriladi.Shahram G‘iyosov, bokschi
Izoh (0)