• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘lladi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Qadrli farzandlarim!

    Siz, aziz o‘g‘il-qizlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni yurtimizda keng nishonlanayotgan Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar go‘zal va beg‘ubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

    O‘tgan qisqa davrda jamiyatimiz hayotidan mustahkam o‘rin egallagan bu bayram davlatimiz, xalqimiz o‘z farzandlarining baxti va kamoli uchun hech narsani ayamasligini, mamlakatimiz yoshlari ham Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilishni o‘z hayotining mazmuni deb bilishini yaqqol ifoda etmoqda.

    Haqiqatan ham, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.

    Buni keyingi ikki yilda shu sohaga oid 3 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining o‘nlab farmonlari, qaror va farmoyishlari qabul qilingani hamda shu asosda ulkan ishlar amalga oshirilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

    Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, hududlarda esa hokimlar raisligida Yoshlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengashlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya va “Yoshlar klubi” ish boshladi.

    Yigit-qizlarimizning biznes loyihalari uchun “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan bugungi kunga qadar 692 milliard 400 million so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilib, 25 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgani, respublikamiz bo‘yicha 125 ta “Yoshlar mehnat guzari”, 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi foydalanishga topshirilgani ayniqsa e’tiborlidir.

    Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan  yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

    Keyingi paytda umumxalq harakatiga aylanib borayotgan besh ijobiy tashabbusning mazmuni va ahamiyatini yoshlarimiz chuqur tushunib, uni amalga oshirishda faol ishtirok etayotganini biz albatta yuksak baholaymiz. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan katta qurilish va obodonchilik ishlari bilan birga, “Yoshlar kutubxonasi” turkumidagi 470 mingta badiiy adabiyotlar respublikamizdagi barcha maktablar hamda Yoshlar ittifoqining mahalliy kengashlariga bepul tarqatilgani muhim ahamiyatga ega.

    Yosh avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ham bugun o‘zining amaliy natijasini bermoqda. Buning tasdig‘ini yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, 520 ta oltin, 544 ta kumush, 588 ta bronza medaliga sazovor bo‘lganida ham ko‘rish mumkin.

    Azmu shijoatli, navqiron yigit-qizlarimizning o‘z sohasida, jamoat ishlarida erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

    Masalan, o‘tgan yili ana shunday vatanparvar, fidoyi yuzlab yoshlarimiz “Do‘stlik” ordeni va “Shuhrat” medali, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Kelajak bunyodkori” medali, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlandi. Yana 28 nafar azamat yigitlarimiz yangi ta’sis etilgan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bugun ularning saflariga yana bir guruh faol yoshlarimiz qo‘shilayotgani barchamizni quvontiradi.

    Aziz farzandlarim!

    Yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ayniqsa, ularning qariyb 50 foizini tashkil etadigan qiz bolalarni hayotga tayyorlash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, oilaviy ajrimlar, o‘smirlar orasida jinoyatchilik holatlarining oldini olish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

    Joriy yilning o‘tgan davrida yoshlar jinoyatchiligi 2018-yilga nisbatan 37 foizga kamaygani, adashib xato yo‘lga kirgan, o‘z qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lgan 599 nafar shaxs Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod qilinib, ularga yengil jazo turlari tayinlangani jamiyatimizda kechirimlilik, mehr-oqibat va o‘zaro ishonch muhitini kuchaytirish yo‘lidagi yangi qadamdir.

    Biz yoshlarning mamlakatimiz hayotidagi demokratik jarayonlarda faol ishtirok etishiga, ularning siyosiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.

    Bu borada o‘z saflarida 7 million 680 ming a’zoni birlashtirgan Yoshlar ittifoqi tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlarni e’tirof etgan holda, ularni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlash joiz. Ayniqsa, bu yil mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengashlarga bo‘ladigan saylovlarda chuqur bilim, qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlarimiz faol qatnashib, vakillik organlarida munosib o‘rin egallasa, bu nafaqat yosh avlodning, balki butun xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi.

    Qadrli yosh do‘stlarim!

    Bugungi notinch va tahlikali zamonda yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan turli xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotganini barchangiz yaxshi bilasiz. Ularga qarshi kurashishda xalqimizning boy tarixi va madaniyati, buyuk ajdodlarimiz jasorati, jonajon O‘zbekistonimizning milliy manfaatlari biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi.

    BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyani ishlab chiqish tashabbusi ilgari surilgani jaholatga qarshi – ma’rifat tamoyili asosida olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarimizning uzviy bir qismi bo‘lib, u yer yuzidagi ikki milliarddan ziyod yoshlarning haq-huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga egadir.

    Biz O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga mahkam bel bog‘lagan ekanmiz, bu ulug‘ ishni ertaga emas, bugun boshlashimiz, buning uchun avvalo navqiron yoshlarimizga zarur sharoitlarni aynan bugun yaratib berishimiz kerak.

    Shu munosabat bilan sizlarni  ishontirib aytmoqchiman: biz yoshlarning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida boshlagan ishlarimizni nainki davom ettiramiz, balki ularni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘taramiz.

    Aziz o‘g‘il-qizlarim!

    Bugun biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan va mas’uliyatli vazifalar butun xalqimiz kabi sizlardan ham har tomonlama katta tayyorgarlik va safarbarlikni talab etmoqda.

    Ishonchim komil, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.

    Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

     

                 Shavkat Mirziyoyev,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    30.06.2019, 17:21   Izoh (0)   27644
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yuksalish” harakati Samarqand hokimligiga UNESCO’ning tegishli xulosasini olmasdan qurilish ishlarini boshlamasligini aytdi

    30.06.2019, 16:08

    O‘zbekistonlik olima Janubiy Koreyada oltin medalga munosib ko‘rildi

    30.06.2019, 15:49

    SSV: Haftaning har shanba kuni ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda

    30.06.2019, 15:30

    Ichki ishlar organlarining tergov-tezkor guruhlari maxsus avtomashinalar bilan to‘liq ta’minlandi

    30.06.2019, 15:12

    Andijon mashinasozlik institutiga yangi rektor tayinlandi

    30.06.2019, 14:35

    Mudofaa vazirligi jamoasi “REMBAT – 2019” xalqaro tanlovida qatnashishga tayyorgarik ko‘rmoqda

    30.06.2019, 14:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:00

    Pokiston Xitoy bilan “beshinchi avlod” samolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Dunyo | 29 iyun, 15:45

    Pishgan va mazali mevalarni tanlash bo‘yicha 9 maslahat

    Maslahatlar | 29 iyun, 15:30

    Rossiya strategik bombardimonchilar ishlab chiqariladigan yagona korxonasini kengaytirmoqda

    Dunyo | 29 iyun, 15:15

    Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari sammiti 2026-yilga qoldirildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 15:00

    Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini ziyorat qilishni tavsiya qildi

    Sport | 29 iyun, 14:48

    Xiaomi kamera, dinamika va mikrofonli AI Glasses smart ko‘zoynaklarini e’lon qildi

    Layfstayl | 29 iyun, 14:40

    O‘zbekistonda ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 14:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.