Checheniston xalq artisti San Jay xonanda Jahongir Otajonovning “Arazlamang” deb nomlangan qo‘shig‘ini kuyladi.

Foto: “Daryo”

San Jay o‘zining Instagram sahifasida, ushbu qo‘shiqni kuylagani uchun Jahongir Otajonov qanday munosabat bildirgani haqida video post joyladi.

Jahongir Otajonov ushbu holatga quyidagicha munosabat bildirgan.

Do‘stimiz San Jay ‘Arazlamang’ deb nomlangan ashulamni yozibdi. Mening ashulamni desam notog‘ri bo‘ladi, men foydalangan so‘zdan, ya’ni ‘Arazlamang’ she’ridan foydalanib o‘zining qo‘shig‘ini yozibdi. U bunga haqli, chunki she’r bizniki emas. Endi u bechorani ham ‘Sanjay Jahongir Otajonovning qo‘shig‘ini buzibdi’, deb, ‘so‘kinglar, haqorot qilinglar’. Hech qachon unaqa deyilmaydi. Sababi, har bir so‘zdan boshqa ijodkorning foydalanishga haqqi bor. San Jay ijodga omad do‘stim.

Jahongir Otajonov, xonanda