Rossiya terma jamoasi hamda “Vilyarreal” yarim himoyachisi Denis Cherishev faoliyatini “Valensiya”da davom ettiradi. Bu haqda “ko‘rshapalaklar”ning rasmiy saytida xabar berildi.
Rossiyalik xavbek 2018/19-yilgi mavsumni “Valensiya”da ijara asosida o‘tkazdi. Tomonlar futbolchi transferi borasida kelishuvga erishdi.
Avvalroq “Valensiya” 28 yoshli yarim himoyachi uchun 5 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Cherishev ortda qolgan mavsum La Ligada 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatma berishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)