“Kristal Pelas” himoyachisi Aaron Van-Bissaka faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettiradi. Bu haqda “qizil iblislar”ning rasmiy saytida xabar berildi.
21 yoshli futbolchi “Yunayted” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U shartnomasini yana bir yilga uzaytirishi ham mumkin.
“Mankunianlar” futbolchi uchun “Kristal Pelas”ga 50 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. O‘yinchi “Manchester Yunayted”da haftasiga 80-90 ming funt maosh oladi.
Ma’lumot uchun, himoyachi 2018-yilning fevral oyida “Kristal Pelas”da debyut o‘yinini o‘tkazgandi va jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2018/19-yilgi mavsum Angliya Premyer ligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)