Futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining guruhlarida 28-iyun, juma kuni 2-turi doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Kunning dastlabki o‘yinida Tunis terma jamoasi Mali termasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 60-daqiqasida malilik yarim himoaychi Diadye Samasseku hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib Tunis vakili Vahbi Hazri hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shu tariqa Tunis musobaqaning 2-turida Mali bilan 1:1 hisobida durnag o‘ynadi.
Mazkur o‘yin yakuniga ko‘ra, Mali terma jamoasi 4 ochko to‘plagan holda “E” guruhida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. 2-o‘rinda borayotgan Tunis hisobida esa 2 ochko mavjud.
Shu kuni Marokash termasi Kot-d’Ivuar bilan bahsga kirishdi.
Bahsdagi yagona golga marokashlik hujumchi Yussuf an-Nosiri (23) mualliflik qildi (1:0).
Shu tariqa marokashliklar Kot-d’Ivuarni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval naqd qildi.
Qayd etish lozim, Marokash “D” guruhida 6 ochko jamg‘arib birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Undan keyingi o‘rinda borayotgan Kot-d’Ivuarda esa 3 ochko mavjud.
Kunning so‘nggi uchrashuvida JAR terma jamoasi Namibiya bilan bellashdi.
O‘yinning 68-daqiqasida JAR yarim himoyachisi Bongani Zungu raqib darvozasini ishg‘ol qildi (1:0).
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, JAR termasi Namibiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng JAR ochkolari sonini 3 taga yetkazib oldi va guruh jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Oxirgi o‘rindan joy olgan Namibiya hisobida esa ochko mavjud emas.
Afrika Millatlar Kubogi
2-tur bahslari
28-iyun, juma
“E” guruhi
Tunis—Mali 1:1
Gollar: 0:1 — 60 Samasseku, 1:1 — 70 Hazri“D” guruhi
Marokash—Kot-d’Ivuar 1:0
Gol: 1:0 — 23 an-NosiriJAR—Namibiya 1:0
Gol: 1:0 — 68 ZunguYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)