OAV va matbaa korxonalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yangi reglamentlari ishlab chiqiladi. Bu Prezidentning 27.06.2019-yildagi qarorida nazarda tutilgan, deb ma’lum qiladi “Norma” axborot-huquqiy portali.
Tegishli hujjatlarning loyihalari Adliya vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, shuningdek manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
2019 yil 1-oktabrdan e’tiboran shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq bolalar adabiyotlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Izoh (0)