28-iyun, juma kuni futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida musobaqaga mezbonlik qilayotgan Tite qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi.
Penaltilar seriyasida esa Braziliya termasining qo‘li baland keldi va musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi (4:3).
Ta’kidlash joiz, bellashuvning 58-daqiqasida paragvaylik himoyachi Fabian Balbuena hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.
Endilikda Braziliya yarim finalda Venesuela—Argentina uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Kopa Amerika—2019
1/4 final bahslari
28-iyun, juma
Braziliya—Paragvay 0:0 (4:3)
Braziliya: Alisson, Filipe Luis (Aleks Sandro, 46), Markinyos, Tiago Silva, Dani Alves (Lukas Paketa, 85), Allan (Villian, 71), Koutinyo, Artur, Firmino, Gabriel Jezus, EvertonParagvay: Fernandes, Alonso, Balbuena, Piris, Gomes, Almiron, Ortis, Peres (Roxas, 74), Sanches (Eskobar, 78), Arsamendiya (Valdes, 61), Gonsales
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3
Ogohlantirishlar: Arsamendiya (30), Piris (34), Alonso (37), Filipe Luis (44), Firmino (47), Artur (84)
Chetlatish: Balbuena (58)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)