Ispaniyada 39 kilogramm kokainni olib o‘tishda gumolanib Braziliya Harbiy-havo kuchlari serjanti qo‘lga olindi, deb xabar beradi Meduza.
38 yoshli Manoel Silva Rodriges 25-iyun kuni Seviliya aeroportida qo‘lga olingan. U Osakada o‘tkaziladigan G20 sammitida ishtirok etish uchun yo‘l olgan Braziliya perzidentiga hamrohlik qilgan. Prezidentning o‘zi alohida samolyotda uchgan va Lissabonga yoqilg‘i masalasida qo‘ngan.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru o‘zining guruhi katta miqdordagi giyohvand moddalarni tashishga aloqasi yo‘qligini bildirgan. Prezident sodir bo‘lgan voqeani tergov qilish va aybdorlarni jazolash lozimligini talab qildi.
Izoh (0)