Toshkentda “Yilning eng faol jurnalisti” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.
Tanlovda 200 nafarga yaqin jurnalist ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Ular orasidan 25 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.
“Yilning eng faol jurnalisti“ sifatida e’tirof etilganlar safida “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev ham bor. Uning Namangan viloyatiga oid xabar va reportajlari, xorijiy safarlardan tayyorlagan maqolalari, shuningdek, kolumnistika yo‘nalishidagi chiqishlari tanlov hay’ati tomonidan munosib baholandi.
Izoh (0)