Prezident maktablari uchun imtihon qanday bo‘lishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tushuntirish-targ‘ibot ishlarini boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezident maktablariga jami 28 446 talabgor hujjat topshirgan. Ulardan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan o‘tish imkoniga ega bo‘lishgan.
Ana shu o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun Toshkent, Xiva, Nukus va Namangan shaharlarida 2019-yil 26-27-28 iyun kunlari Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari (orientation day) – saralash bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadigan bino bilan tanishish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bu tadbirlarda o‘quvchilar va ularning ota-onalari imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha barcha tegishli ma’lumotlarni olmoqda. Unda imtihon shartlari, tartib-qoidalari haqida maslahatlar berilmoqda.
Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) joriy yil 29-iyun–3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Quyida Toshkentdagi “O‘zko‘rgazmasavdo” majmuasida Toshkent shahridagi Prezident maktabiga saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari jarayonidan fotolavhani e’tiboringizga havola etamiz.
Izoh (0)