“Ipoteka bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini o‘zgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (523-son, 25.06.2019-y.), bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.
Qaror bilan, “Ipoteka bank” faoliyatining mustaqilligini ta’minlash uchun 2020-yil oxirigacha quyidagilar amalga oshiriladi:
— bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zoligiga ko‘rsatiladigan va tayinlanadigan nomzodlarni davlat organlari hamda ularning rahbarlari bilan kelishish tartibi “Ipoteka bank”ka tatbiq etilmaydi;— bank kuzatuv kengashining yangi tarkibi davlat organlari rahbarlarining ishtirokisiz shakllantiriladi va mustaqil direktorlar soni 5 nafarga yetkaziladi hamda “Ipoteka bank” kuzatuv kengashi raisi mustaqil direktorlar orasidan saylanadi;— bank rahbariyati shakllantiriladi va bankning bozor amaliyoti standartlari va ehtiyojlari asosida ijro etuvchi organ a’zolarining mehnatiga haq kuzatuv kengashi tomonidan to‘lanadi;— loyihalarni bozor sharoitlaridan kelib chiqib kredit bilan ta’minlash va moliyalashtirish masalalari bo‘yicha qarorlar “Ipoteka bank” tomonidan mustaqil qabul qilinadi;— “Ipoteka bank” mablag‘larini tijorat tashkilotlari ustav kapitallariga investitsiya ajratish uchun bank faoliyatiga xos bo‘lmagan tarzda jalb qilish taqiqlanadi.
“Ipoteka bank” ustav kapitalidagi davlat ulushi 2 oy ichida Moliya vazirligiga beg‘araz beriladi.
2022-yil oxirigacha bank ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan kamaytiriladi.
Izoh (0)