Buryatiyada An-24 samolyoti uchish yo‘nalishidan chiqib ketib Nijneangarskga qo‘nganda yonib ketdi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Buryatiya IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ekipaj a’zolarining ikki nafari halok bo‘lgan. Samolyot Ulan—Ude—Nijneangarsk—Irkutsk yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Hodisa vaqtida samolyot bortida 47 kishi bo‘lgan, ularning yetti nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh (0)