2019-yil 22-iyun kuni erta tongda Turkiyaning Istanbul shahri Buyukchekmeje tumanida joylashgan fabrikada yuz bergan yong‘in oqibatida 1981-yil 15-martda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi G‘ofur To‘rayevich Tursunov halok bo‘ldi. Bu haqda Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar qiladi.
Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hozirgi vaqtda marhumning qarindoshlari bilan fuqaroning jasadini dafn etish uchun O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy masalalar ustida ishlar olib bormoqda.
Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.
Izoh (0)