O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 25-iyun kuni Ufa shahridan kelayotgan 382-son temir yo‘l reysining qolgan barcha yo‘lovchilari avtobuslar orqali Toshkent shahriga yuborildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Shuningdek, Chelyabinsk-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan va Aris shahridagi o‘q-dorilar portlashlari oqibatida Turkiston shahrida to‘xtatib qo‘yilgan “Rossiya temir yo‘llari”ga qarashli 365-reys yo‘lovchilari “Jibek Joly” - “G‘isht ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktigacha Qozog‘istonning Turkiston viloyati Akimati ko‘magida, uy yog‘iga Toshkent shahrigacha esa “O‘zavtotrans” avtobuslarida yetkazildi.
25-iyun kuni kechasi Chimkent shahrida to‘xtatib qo‘yilgan “Novosibirsk-Toshkent” 370-termiyo‘l reysining 264 nafar yo‘lovchilarini Toshkent shahriga yetkazish ishlari 26-iyun kuni ertalab davom ettirildi.
Izoh (0)