Qozog‘istonning Aris shahridagi qator portlashlardan so‘ng, shaharda joylashgan masjidlarning binosi hech qanday jiddiy talafot ko‘rmadi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.
Masjid xizmatchilari so‘zlariga ko‘ra, ayrim binolarga kichik shikast yetgan. Masjid atrofida joylashgan uylarning oynalari singan. Aris markaziy masjidining bosh imomi Abdukaman Abdukarim masjid binolariga biroz shikast yetganini aytdi.
Imomning so‘zlariga ko‘ra, Aris tumanida jami 27 ta masjid ochilgan bo‘lib, shaharning o‘zida 9 ta masjid faoliyat ko‘rsatadi.
“Birorta ham oyna sinmagan”, — deydi video muallifi.
https://www.instagram.com/p/BzH8PXgA-AA/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)