• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Vinosini olmasak, ishchisini quvsak, ular yo ochidan o‘ladi yoki yalinib keladi”. Mag‘rur Gruziya haqida

    Gruziya va Rossiya o‘rtasidagi munosabat yana taranglashmoqda. Bu ikki davlat uzoq yillardan buyon o‘zaro adovatda bo‘lib kelmoqda. “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh bu dushmanlik ildizlariga to‘xtaladi va bu safar nima bo‘lganini tushuntiradi.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    2008-yil 8-avgust. Pekinda yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lyapti. Buyoqda esa Gruziya o‘zining anchadan beri bo‘ysunmay kelayotgan hududlaridan biri – Janubiy Osetiyani bo‘ysindirish uchun o‘lkaga harbiy yurish boshladi. Qisqa muddatda poytaxt Sxinvali egallandi.

    O‘sha tobda Moskvada o‘tirgan Rossiya rahbarlarining xayoliga Janubiy Osetiyadagi Rossiya pasportini olgan osetinlar keldi. “Qo‘shinlarni oyoqqa turg‘az, u yerdagi vatandoshlarimizni himoya qilaylik”, deb Gruziyaga qarshi urush e’lon qilishdi.

    Urush boshlanganidan so‘ng bir necha soat ichida Rossiya armiyasi Janubiy Osetiyadan Gruziya qo‘shinlarini quvib chiqarib, poytaxt Tbilisiga tomon harakatlana boshladi. 145 million aholisi va shunga yarasha armiyasi bor Rossiyaga qarshi aholisi 3 millionli Gruziya urush ham qila olmasdi, qarshilik ham ko‘rsata olmasdi. Amalda shunday bo‘ldi ham. Keyinchalik o‘sha paytda Gruziya prezidenti bo‘lgan Mixail Saakashvili “biz o‘shanda Rossiya urush e’lon qilishini umuman kutmaganmiz. Xalqaro qonun-qoidalarga ko‘ra Rossiya bunday qilishi mumkin emas edi. Chunki Janubiy Osetiya muammosi Gruziyaning ichki ishi edi. Ammo Rossiya bunday deb o‘ylamas ekan”, degan edi.

    Tbilisiga ozgina qolganda Sakashvili siyosiy obro‘siga bir umrlik putur yetkazgan ishni qilishga majbur bo‘ldi – Gruziya Rossiyadan yengilgani haqidagi hujjatlarga imzo qo‘yib berdi.

    Voqealar bu bilan tugamadi. Ikki davlat bir-biriga ashaddiy dushman bo‘lib qolgandi. Sababi, gruzinlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan muammoga rasmiy Moskva aralashganini va “vatandoshlarni himoya qilish” bahonasida Gruziyaga bostirib kirganini hazm qila olmadi. Gruzinlarni-ku Rossiyaga va ruslarga bo‘lgan nafrati, o‘sha nafratning kuchayish sabablari birmuncha tushunarli: Rossiya Gruziyaga sababsiz bostirib kirdi. Ammo Saakashvili Gruziya yengilgani haqidagi hujjatga qo‘l qo‘yganidan keyin ham Rossiya nega Gruziyaga qarshi dushmanlikni davom ettirgan, bu biroz tushunarsiz holat.

    O‘shandan keyin Rossiya Gruziyani ham siyosiy, ham iqtisodiy tarafdan siqa boshladi. Avvalo mamlakatdan Gruziya fuqarolari quvib chiqarildi. So‘ng gruzin vinolarini, boshqa mahsulotlarini mamlakatga olib kirib sotish taqiqlandi. Kreml xo‘jayinlarining xayoliga “Gruziya asosiy mahsulotlarini va shu jumladan vinosini bizga sotyapti. Odamlari ishlab, savdo qilib, Rossiyadan non topyapti. Rossiyada ishlab, savdo qilib yurgan odamlarini quvsak, vinosini Rossiyaga olib kirishga taqiq qo‘ysak, gruzinlar tog‘-toshlar orasida ochdan o‘lib ketadi yoki oldimizga kechirim so‘rab yalinib keladi" degan fikr kelgan bo‘lsa ne ajab. Lekin ular bir narsani bilmadi: gruzinlarda yer bo‘lmasligi yoki kam bo‘lishi mumkin. Ammo gruzinning or-nomusi hamda Rossiya bilan munosabatlarning salbiy tajribasi bor va shu tufayli bu mamlakat hech qachon Rossiyaning oldiga yalinib bormaydi. Yalinib bormadi ham. Kavkazdagi tog‘lar orasidagi bu yurt yashash va rivojlanishning Rossiyasiz variantlarini qidirdi va uni muvaffaqiyatli tarzda topib, taraqqiy topdi.

    Qisqasi, Gruziya o‘sha mash’um urushdan keyin cho‘kib qolmadi. Aksincha, mamlakatda korrupsiyaga qarshi samarali ishlar olib borilib (e’tibor bering, “korrupsiyaga qarshi kurashib”, demayapman, balki “korrupsiyaga qarshi samarali ishlar olib borilib” deyapman), buning natijasida mamlakat qisqa vaqtda korrupsiyani deyarli yo‘qotib, turli sohalarda juda rivojlandi. Ayniqsa turizm sohasida o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi ishlar va boshqa turli islohotlar natijasida Gruziya sayyohlik tizimi har tomonlama taraqqiy etdi. Buni 2018-yilda 3 million aholisi bor Gruziyaga 8 milliondan oshiq sayyoh kelgani ham tasdiqlab turibdi.

    Taqqoslash uchun: 33 millionli O‘zbekiston 2025-yilga boribgina mamlakatga tashrif buyuradigan sayyohlar sonini 7 millionga yetkazmoqchi. 2018-yilda esa mamlakatimizga 3 million atrofida sayyoh kelgan.

    Shunday qilib, Rossiya sanksiyalari ostida qolgan, asosiy eksporti Rossiyaga qaratilgan, fuqarolari asosan Rossiyaga borib ishlab yoki savdo qilib, asosiy pul oqimi Rossiyadan kelayotgan Gruziya Rossiyaga bog‘lanib qolmasdan, tom ma’noda “ochdan o‘lmay” yashay olishini, berk hudud bo‘lsa ham, Rossiyasiz inqirozga uchrash uyoqda tursin, rivojlanib ketishi mumkinligini butun dunyoga isbotladi.

    Bu gaplarni nega yozyapman? Ba’zida ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning siyosiy o‘yinlari haqida bahslashganda, yovlashsa juda maydalashib ketishi haqida yozaman. Eslaylik, Turkiyada mamlakat havo hududini buzib kirgan rus samolyoti urib tushirilganda, Rossiya harbiy transport samolyoti Afg‘onistondan qayta turib Tojikiston havo hududini ruxsatsiz buzib kirib majburiy qo‘nganda, har ikki holatda ham ayb Rossiyalik harbiy uchuvchilarda ekanligiga qaramay, tezda bu ikki mamlakatga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qilindi. Avvaliga Turkiyaga sayohatga boradiganlarga chipta sotilmadi, keyinchalik bu samara bermagandan keyin parvozlar to‘xtatildi, so‘ng Turkiyaga uchish butunlay taqiqlandi. Rossiyada yurgan turk va tojik ishchilari, talabalari bu mamlakatda qonuniy o‘qib, ishlab yurgan bo‘lsa ham Rossiyadan deportatsiya qilina boshlandi. O‘shanda eng mayda holatlargacha dushmanlik qilindi. Biroz o‘tib vaziyat izga tushganidan keyin esa Rossiya rahbarlari Turkiya rahbarlari bilan ham, Tojikiston rahbarlari bilan ham yana yaqin hamkor bo‘lib, og‘iz-burun o‘pishib ketaverdi. Aytmoqchi bo‘lganim, Rossiya kim bilandir yovlashsa juda maydalashib, o‘qib yurgan talabani deportatsiya qiladigan darajada past ketadi.

    Ana shu maydalashib, past ketib yovlashish shu kunlarda Gruziya bilan takror sodir bo‘lmoqda.

    Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida ish boshlagan “Parlamentlararo pravoslav assambleyasi” yig‘ini katta mojaro bilan tugadi. Gap shundaki, bu assambleyaga a’zo bo‘lgan Rossiya delegatsiyasi rahbari, assambleya raisi, rossiyalik deputat Gavrilov Gruziya parlamentida ish boshlagan assambleya majlisida ushbu mamlakat parlamenti raisi kursisiga o‘tirdi va rus tilida ma’ruza boshladi. Bundan jahli chiqqan Gruziya muxolif partiyalarining parlamentdagi vakillari janjal boshladi va Gavrilovni boshidan suv quyib, qo‘lidan nutq yozilgan qog‘ozni tortib olishga urindi. Shundan so‘ng Gavrilov boshliq Rossiya delegatsiyasi avval mehmonxonaga, so‘ng Rossiyaga qarab qochib qoldi.

    Bu voqeadan so‘ng qaynoqqon gruzinlar o‘sha kuni tundayoq hukumatga qarshi namoyishlarni boshlab yubordi. Tbilisida hukumatni iste’fosini talab qilib ko‘p ming kishilik namoyishlar boshlandi. Aksiyaning ikkinchi kunida namoyishchilar orasida bo‘lgan kimlardir “Rossiya24” telekanali muxbiri va operatorini kaltakladi. Kecha esa futbol o‘yinida gruzin futbol jamoalari “Rossiya – okkupant” deb yozilgan futbolkada maydonga tushib keldi.

    O‘z o‘rnida, Rossiya ham qarab turmayapti. Avvaliga o‘z fuqarolarini Gruziyaga bormay turishga chaqirdi. So‘ng sayyohlik firmalardan Gruziyaga sayohatlarni tashkillashtirmay turishni so‘radi. Undanam keyin sayyohlik operatorlariga Gruziyaga sayyohlar olib borishni taqiqladi. Eng so‘ngida esa Gruziya samolyotlari Rossiya hududiga, Rossiya samolyotlari Gruziya hududiga uchishini taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, kecha “Rosselxoznadzor” Gruziyadan Rossiyaga kelayotgan va shu paytgacha keltirilgan turli mahsulotlar sifatini, talabga javob berishini “yaxshilab tekshirish” ishlari boshlanishini ma’lum qildi. Ertaga Rossiya tomonidan gruzinlarga qarshi yana nimanidir taqiq qo‘yilsa ajablanmayman. Chunki Rossiya eng mayda detallargacha ishlatib yovlashadi. Odati shunaqa.

    Shu yerda savol tug‘iladi: xo‘sh, nega Gruziya muxolif partiyasi yoki namoyishchilar Rossiya davlat Dumasi deputati va o‘sha assambleyaga Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida tashrif buyurgan Gavrilovga bunchalik qattiq reaksiya bildirdi? Uni quvib soldi.

    Sababi shu ekan-ki, deputat Gavrilov shu paytgacha o‘z chiqishlarida doim Gruziyaning hududiy yaxlitligiga xavf soladigan gaplar hamda bugungi kunda o‘zini Gruziyadan bir tomonlama mustaqil deb e’lon qilgan Janubiy Osetiya va Abxaziyani mustaqil bo‘lishini qo‘llab-quvvatlab gapirib kelgan ekan. Yana bir muhim tomoni, bu inson 1992–1993-yillarda Abxaziya Gruziyadan mustaqil bo‘lish uchun bosh ko‘tarib chiqqanda o‘rtada sodir bo‘lgan harbiy harakatlarda Abxaziya tomonida turib Gruziyaga qarshi jang qilgan ekan. Albatta, buni Gavrilovning o‘zi rad etdi. Ammo uni bu ishda ayblayotganlar qo‘llarida yetarlicha dalillar borligini va Gavrilovni asosli ayblayotganlarini ta’kidlamoqda.

    Gavrilov haqidagi gaplarni o‘qir ekanman, “unda ham bet yo‘q ekanda” deb qo‘ydim beixtiyor. Gruziyadagi tadbirga Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida kelish yoki uni delegatsiya rahbari qilib jo‘natish uchun haqiqatan qalin bet kerak.

    Gruziya muxolifati yoki boshqa siyosatchilari bo‘lib o‘tgan hodisaga baho berar ekan, Rossiya Gruziya haqida tanqid va fisq-fasod gaplarni gapirib yurgan deputatni shu mamlakatning o‘ziga yig‘inga rahbar qilib jo‘natishi avvaldan rejalashtirilgan provokatsiya deb baholadi. Ularning fikricha, Rossiya rahbariyati Gavrilovni ushbu yig‘inga jo‘natib, Tbilisida Rossiyaga qarshi tartibsizliklar yuz berishini, buning oqibatida mamlakatda siyosiy inqiroz yuzaga kelishi mumkinligini yaxshi bilgan va shu uchun ham jo‘rttaga bu yig‘inga Gavrilovni jo‘natgan.

    Albatta, bu ayblovlarni rasmiy Moskva rad etib chiqdi. Nima bo‘lganda ham, ancha yillardan beri Gruziyaga qarshi gapirib kelgan deputatni Gruziyadagi tadbirga bilib turib yuborilishi baribir juda shubhali.

    Hozir taranglashib turgan Rossiya–Gruziya munosabatlari vaqt o‘tishi bilan hovurlar bosilib, yumshaydi. Ammo asorati baribir qoladi. Hozir Rossiyaning Gruziyaga nisbatan qo‘llayotgan choralari Rossiya uchun nima naf beradi-yu, Gruziyaga nima zarar yetkazadi, bilmayman. Bilganim shuki, Kavkazdagi bu kichik mamlakat bir marta Rossiyaning kuchli bosimi va sanksiyalariga duch kelib, uni muvaffaqiyatli yengib chiqdi. Bu safar ham Rossiya qanchalik bosim o‘tkazmasin, yengib chiqa oladi. Chunki u Gruziya.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

    25.06.2019, 13:08   Izoh (0)   166948
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.