25-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Sud-huquq sohasidagi islohotlar” mavzusidagi matbuot anjumanida Oliy sud vakillaridan Gulnora Karimova ishini qayta ko‘rib chiqish va uni oqlash bo‘yicha qandaydir murojaat kelib tushgan-tushmagani haqida so‘raldi.

Foto: BBC

“Gulnora Karimova ishi bo‘yicha Oliy Sudga yaqin vaqt ichida biror murojaat kelib tushmagan. Uning va oila a’zolarining turli manbalar orqali qilayotgan bayonotlari Gulnora Karimovaning shaxsiy tashabbuslaridir. Bu borada biror rasmiy hujjat ko‘rib chiqilayotgani yo‘q”, — deya Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning so‘zlarini keltiradi “Kun.uz”.

Eslatib o‘tamiz,  Gulnora Karimovaning Prezidentga va O‘zbekiston xalqiga murojaatidan so‘ng Shveysariya Bosh prokuraturasi uning “muzlatilgan” pullaridan 133 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarishi to‘g‘risida xabar berildi.