AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yetakchilariga qarshi sanksiya joriy qilishini bildirdi. “Exo Moskvi”ning yozishicha, ular orasida o‘tgan haftada Amerika dronini urib tushirishga javobgar bo‘lgan siyosiy rahbariyat va harbiylar ham bor.
Eron yetakchilariga qarshi sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni Donald Tramp bosh vazir Mayk Pens va moliya vaziri Stiv Mnuchin oldida e’lon qilgan. Trampning ma’lum qilishicha, yangi sanksiyalar Eron oliy rahbari Oyatulloh Humayniy, uning idorasi a’zolari va unga affillangan shaxslar asosiy moliyaviy manbalardan foydalanishdan mahrum etadi.
Humayniy aktivlari ham sanksiyaga tushadi. Sanksiyalar, shuningdek, o‘tgan haftada Amerika dronini urib tushirishga javobgar bo‘lgan Eronning muayyan harbiylariga ham joriy etiladi.
Izoh (0)