O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi delegatsiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Agentligimiz delegatsiyasining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashuvi ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.
YeXHT Bosh kotibi O‘zbekistonda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash borasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Shu maqsadda axborot sohasini takomillashtirish bo‘yicha boshlangan ishlar mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur uchrashuv ikki tomon uchun qiziqarli va manfaatli bo‘ldi, deb hisoblayman. Sohani rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar o‘rtaga tashlandi, yangi g‘oya va rejalar paydo bo‘ldi. Ularni amalga oshirish uchun esa barchamiz birga, hamkorlikda ish olib borishimiz lozim bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)