Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turi doirasida 23-iyun, yakshanba kuni 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Foto: PFL

Kunning dastlabki o‘yini Surxondaryoda kechadi. Unda mezbon “Surxon” jamoasi Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi. O‘yin 18:00 da boshlanadi.

Qarshining “Nasaf” klubi esa safarda “Metallurg”ga qarshi bahs olib boradi. Namanganning “Navbahor” klubi esa o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qiladi. Ikkala bellashuv ham 19:30 da boshlanadi.

Superliga

12-tur bahslari

23-iyun, yakshanba

“Surxon”—“Bunyodkor” 18:00

“Metallurg”—“Nasaf” 19:30

“Navbahor”—“Buxoro” 19:30

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!