O‘zbekiston diniy erkinliklar bo‘yicha holatni yaxshiladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sputnik.
Pompeoga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p, ammo 13 yil deganda birinchi marta mamlakat alohida tashvishlanishga asos qoldirmayapti.
AQSh davlat kotibining aytishicha, O‘zbekistonda diniy jihatlar tufayli qamoqda ushlab turilgan 1,5 ming nafar mahbus ozodlikka chiqarilgan va 16 ming fuqarodan xorijga chiqish ta’qiqi olib tashlangan.
Pompeo AQSh O‘zbekistondan kelajakda ham xuddi shunday qadamlar, xususan, ota-onalarga masjidlarda farzandlari bilan birga namoz o‘qishiga ruxsat berilishini kutib qolishini aytgan.
Izoh (0)