Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi davom etimoqda, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.
Senatorlar tomonidan Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Bu masala birinchi navbatda hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.Jumladan, Karmana tumanidan ajratilayotgan hududda qariyb 7 ming kishi istiqomat qiladi.
Navoiy shahri hududining cheklanganligi zarur hajmda qurilish loyihalarini amalga oshirish imkonini bermaydi. Shu sababli ko‘p qavatli uylar, sport inshootlari va ijtimoiy obyektlar maydoni 144 gektardan ortiq Karmana tumani hududining bir qismida qurilmoqda. Biroq bu shahar kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyatini qiyinlashtirmoqda.
Shu munosabat bilan Karmana tumani “Varq” va “Yoshlik” mahallalarining 1 097,58 ga yerini Navoiy shahri tarkibiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.Masala senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Izoh (0)