Apple kompaniyasi 2015—2017-yillar davomida sotilgan MacBook Pro noutbuklarining bir qismini qaytarib olmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ma’lum bo‘lishicha, bu turdagi noutbuklarining batareyalarida yonib ketish ehtimoli mavjud.
Potensial himoyasiz deya 2015-yilning o‘rtalarida Retina-displeyi bilan chiqarilgan 15-dyuymli noutbuklar topilgan.
“Apple 15 dyuymli MacBook Pro avlodining batareyalari yonib ketib, yong‘in xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligini aniqladi”, — deyiladi kompaniyaning rasmiy saytida.
Rasmiy sayt orqali noutbuk seriya raqamini tekshirgan holda u dasturga kirish yoki kirmasligini aniqlash mumkin. Kompaniya eski batareyalarni tekinga almashtirib berishni va’da qilgan.
Izoh (0)