2019-yil 7-iyun kuni Bektemir tumanidagi “Qo‘yliq qurilish” bozori yonidan Nexia avtomashinasini haydab qochgan shaxs 9-iyun kuni qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
2019-yilning 7-iyun kuni noma’lum shaxs Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan “Qo‘yliq qurilish” bozori oldidagi avtoturargohda qarovsiz qoldirilgan Namangan viloyatida yashovchi 35 yoshli F.S.ga tegishli Nexia rusumli avtomashinani haydab qochgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina 9-iyun kuni Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan texnik soz holda topildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 29 yoshli T.N. sodir etganligi aniqlangan va u ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)